Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ijodiy imtihonlar adolatli va shaffof oʻtkazilishi uchun barchasi shay

22.07.2023, 22:27 E'lonlar 1077

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2023/2024-oʻquv yili uchun Jurnalistika: xalqaro jurnalistika taʼlim yoʻnalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlar 26-27-iyul kunlari bo’lib o’tadi.

Oliygohda imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o’tkazilishini taʼminlash maqsadida kuzatuv kameralari oʻrnatilgan boʻlib, Youtube.com/@tsuosuz youtube kanali hamda http://live01.tsuos.uz:17777/ havolasi orqali jonli kuzatib borishingiz mumkin.

Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan binolarda barcha qulayliklar yaratilgan, kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan.

❗️Muhim eslatma! Abituriyentlar ijodiy imtihon kunlari oʻzlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID), roʻyxatdan oʻtganligi boʻyicha qayd varaqasi bilan kiritiladi.

📱Abituriyentlar va ularning ota-onalari quyidagi telefon raqamlari orqali Call-markaz bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin:

📞 712333428

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:
🌐 www.tsuos.uz

Aziz abituriyentlar! Barchangizga omad yor bo‘lsin!