Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari diqqatiga

25.03.2022, 22:58 E'lonlar 1225

Siz Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy @eduuz telegram kanali orqali universitet va institutlar, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar hamda akademik litseylar faoliyati haqida eng soʻnggi yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin.

Agarda, Siz Respublika miqyosida

✔️kontrakt toʻlovlari,
✔️stipendiya miqdorlari,
✔️oʻqishni koʻchirish,
✔️qabul kvotalari,
✔️davlat va nomdor stipendiyalar,
✔️davlat, xususiy va xorijiy taʼlim maskanlari,
✔️ulardagi yoʻnalishlar,
✔️talaba oʻquvchilar uchun yaratilayotgan qoʻshimcha imkoniyatlar va shu kabi qator tasdiqlangan maʼlumotlar olmoqchi boʻlsangiz, vazirlikning @eduuz kanali aʼzosi boʻling!

Unutmang, oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimi bilan bogʻliq ishonchli rasmiy xabarlar faqat @eduuz da.