Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

QO’SHMA TA’LIM DASTURI MAGISTRATURA BOSQICHI BO’YICHA E’LON!!!

18.08.2022, 10:33 E'lonlar 1520

SHOSHILING!
SHARQSHUNOSLIK SOHASIDA YETAKCHILARDAN HISOBLANADIGAN IKKITA OLIY TA’LIM MUASSASASINING MAGISTR DIPLOMIGA EGA BO‘LISH UCHUN AJOYIB IMKONIYAT!!!

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlikdagi magistratura qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishga taklif etadi.
Magistratura mutaxassisligi – TDSHU da 70310802- Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati,  Sankt-Peterburg davlat universitetida “Postsovet hududida xalqaro munosabatlar”

O‘qish muddati – 2 yil:
1-2 va 4-semestrlar (1,5 akademik yil) – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida (ta’lim tili -rus tili).
3-semestr (yarim akademik yil) – Sankt-Peterburg davlat universitetida (ta’lim tili – rus tili).

Dars mashg‘ulotlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Sankt-Peterburg davlat universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan kredit-modul tizimi asosida olib boriladi. Sankt-Peterburg davlat universitetida ta’lim olish jarayonida talabalar Rossiya oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan xorijlik talabalar uchun belgilangan barcha shart-sharoitlardan (zarur maishiy sharoitlarga ega yotoqxona, universitet kutubxonasi va professor-o‘qituvchilarning bepul maslahatlari va rahbarliklari) to‘liq foydalanadilar. Yotoqxona (imtiyozli narxda), transport, sog‘lik sug‘urtasi va kundalik turmush bilan bog‘liq sarf-harajatlar talabalarning hisobidan qoplanadi.

TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR
Mazkur qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishni istagan bakalavr yoki oliy ma’lumotli mutaxassislar
15.08.2021 dan 15.09.2022 gacha
o‘zlarining quyidagi hujjatlarini Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining qabul komissiyasi (U.Noraliyev)ga topshirishlari mumkin:
1. Pasportning asli va nusxasi (yashash joyi haqidagi ma’lumot yozilgan sahifasi bilan), ariza, rasm 3×4 8 dona, konvert 1 dona, yig‘majild 1 dona.
2. Bakalavr (yoki oliy ma’lumot) diplomi va uning ilovasi asli va nusxasi

KIRISH IMTIHONLARI
O‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1. 1-bosqichda mutaxassislik fanlari doirasida yozma ish va og‘zaki suhbat (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘tkaziladi)
2. Ingliz, frantsuz yoki nemis tilidan test sinovi (Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi).
Imtihon natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 5 nafar abituriyent talabalar safiga qabul qilinadi.
QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR UCUUN TELEFONLAR:
1. Qabul komissiyasi mas’ul kotibi U.Noraliyev
+99897 747 69 81;
2. Xalqaro hamkorlik bo‘limi
+99871 233 29 85;
3. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor qabulxonasi
+99871 233 34 28
4. Magistratura buyicha qabul komissiya mas’ul kotibi o‘rinbosari
U. Biturayev
+99890 127 15 39