«Ilmiy yo‘l: g‘oyadan tadqiqotga»: Kembrij universiteti olimlari va yosh tadqiqotchilar uchun ochiq muloqot seminari o‘tkazildi
Joriy yilning 2-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi, Ilm-fan kengashi, Britaniya menejment universiteti va Kembrij universiteti hamkorligida “Ilmiy yo‘l: g‘oyadan tadqiqotga” mavzusida xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.

Tadbirda Kembrij universitetining o‘ndan ortiq professor-mutaxassislari yosh tadqiqotchilar bilan ilmiy izlanishlar olib borish yo‘li va tajriba almashish yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Anjumanda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari va magistrantlari ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar.

Seminarni tashkil etishdagi yaqindan hamkorligi va qo‘shgan hissasi uchun TDSHU Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi dotsenti, PhD Nargiza Rasuljanovna Ismatullayeva maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

