Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 82 39 / +998 95 515 15 05

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Indoneziyaning Islom Malang universiteti bilan memorandum imzolandi

09.10.2020, 18:52 Yangiliklar 465

2020-yil 9-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Indoneziyaning Islom Malang universiteti o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida onlayn memorandum imzolash marosimi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva bugungi kunda universitetda indonez tili va madaniyati rivojlanishi hamda mazkur tilning yanada ravnaq topishida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shu o‘rinda, Islom Malang universiteti rektori prof. Maskuri janoblari bugungi kunga qadar ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda Indoneziya bo‘yicha (til, iqtisodiyot) mutaxassislarni tayyorlashda kelgusida ham amaliy yordam berilishini keltirib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolanib, unga ko‘ra universitetlar o‘rtasida o‘quv, ilmiy va boshqa sohalarda hamkorlik masalalari belgilab olindi. Qolaversa, 2020/2021 o‘quv yilida TDSHUda indonez tili va Indoneziya iqtisodiyoti bo‘yicha bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan 11 nafar talabaning hamkor universitetda stajirovka o‘tash masalasi bo‘yicha onlayn dars-mashg‘ulotlari boshlanganligi keltirib o‘tildi. Joriy o‘quv yilida universitetning mazkur talabalari Indoneziyaga tashrifi va Islom Malang universitetida stajirovkani davom ettirishi rejalashtirilmoqda. Uchrashuv so‘nngida tomonlar hamkorlik yanada uzoq va bardavom bo‘lishiga umid bildirishdi.

photo_2020-10-09_18-40-39

photo_2020-10-09_18-40-41

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: