Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Ingliz tili bilimdonlari bellashdi

02.05.2026, 12:33 Yangiliklar 342

#TDSHU_Ibrat_farzandlari

TDSHU “Ibrat farzandlari” loyiha markazi tomonidan ingliz tilida “ZAKOVAT | Quiz testi” tashkil qilindi. Mazkur intellektual bellashuvda talabalar o‘zlarining ingliz tili bo‘yicha bilimlari, tezkor fikrlashi hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra faxrli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar “Ibrat farzandlari” loyihasining maxsus sertifikatlari bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning faolligi, bilimga bo‘lgan intilishi va ijobiy kayfiyati alohida e’tirof etildi. G‘olib jamoalarni samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!