“Innovatsion iqtisodiyot va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kuni” doirasida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 19-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Yoshlar kuni” doirasida “Innovatsion iqtisodiyot va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kuni” mavzusida “Rektor va yoshlar” ochiq muloqoti tashkil etildi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlarning innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, ularning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi. Dastlab rektor Soadat Nasirova startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida universitetda amalga oshirilgan ishlar, ilmiy innovatsion loyihalar va tanlovlarda talabalar qamrovi, yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqiga gapirib o’tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi bosh mutaxassisi Shukurov Samandar Shavkat o‘g‘li ishtirok etib, “Innovatsion iqtisodiyot va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ma’ruza qildi. Mutaxassis o‘z chiqishida mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligi va startap ekotizimini rivojlantirish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar, grant tanlovlari hamda loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbir doirasida quyidagi muhim jarayonlar o‘rin oldi:
-Universitetda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar sarhisob qilindi.
Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng innovatsion g‘oya” tanlovi g‘oliblari o‘zlarining istiqbolli loyihalari taqdimotini o‘tkazdilar.
1-o’rin. Hasanxon Muhammadiyev (50 mln so’m)
2-o’rin. Aziza Nosirjonova (30 mln so’m)
3-o’rin. Gulnigor Muyiddinova (20 mln so’m) mukofoti bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida “Respublika kitobxon talaba” onlayn tanlovida faxrli 3-o‘rinni egallagan universitetimiz talabasi tantanali ravishda taqdirlandi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar va universitet rahbariyatidan batafsil javob oldilar hamda yangi g‘oyalarini amalga oshirish yuzasidan zarur tavsiyalarga ega bo‘ldilar.






























