Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Institut talabalar turar joyida Yangi yil bayrami nishonlandi

22.12.2018, 15:11 Yangiliklar 2486

2018-yilning 21-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Talabalar turar joyida kirib kelayotgan 2019-yil – Yangi yil bayramini ko’tarinki ruhda o’tkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida institut rahbariyati talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarni kirib kelayotgan 2019-yil bilan chin dildan muborakbod etdi hamda o’tayotgan 2018-yilda institutimiz tomonidan qo’lga kiritilgan yutuq va muvaffaqiyatlar, bo’lib o’tgan qiziqarli va muhim voqealar yodga olindi. Shuningdek, kelayotgan yilda oldimizda bajarishimiz lozim bo’lgan katta ishlar, marralar turgani ham qayd etilib, bu borada talabalarimizga yaxshi ta’lim olishlari, o’z iqtidorlarini to’liq namoyish etishlari uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilishi, ulardan talab etiladigan yagona narsa esa bor kuch va g’ayratlarini yaxshi o’qish uchun sarflash ekanligi ta’kidlandi.

Tadbirning badiiy qismida ishtirokchilarga talabalar tomonidan tayyorlangan go’zal kuy va qo’shiqlar, raqslar, sahna chiqishlari taqdim etildi. Shuningdek, “TTJ Nominations” ham o’tkazilib, nominatsiya g’oliblari turli xil esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Tadbir qiziqarli o’yinlar, shartlar, QVZ jamoalarining chiqishlari bilan hammaning yodida qoldi.

Kirib kelayotgan Yangi yil barchangizga muborak bolsin!

photo_2018-12-22_15-04-51