Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Iqtidorli xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalarida qo‘llab-quvvatlash uchun Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Suyima G‘aniyeva nomidagi maxsus stipendiya” ta’sis etildi.

15.01.2023, 14:29 Yangiliklar 1188

Aziz talabalar!

🔊Sharqshunos talaba qizlar uchun yangi stipendiya joriy etildi!

↗️ Iqtidorli xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalarida qo‘llab-quvvatlash uchun Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Suyima G‘aniyeva nomidagi maxsus stipendiya” ta’sis etildi.

✅ Maxsus stipendiya talablari:
– o‘quv yili davomida a’lo va yaxshi baholarga o‘qish;
– sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
– navoiyshunoslik va sharqshunoslikni keng targ‘ib qilish yo‘nalishida alohida faollik ko‘rsatish;
– universitetning ilmiy va ma’rifiy hayotida faol bo‘lishlari kerak.

👆Talabgorlarning hujjatlari joriy yilning 1 fevralga qadar qabul qilinadi!

🏆 Stipendiyaga sazovor bo‘lgan talaba qizlarga “Suyima G‘aniyeva nomidagi maxsus stipendiya sohibi” guvohnomasi hamda pul mukofoti beriladi.

👉 Batafsil ma’lumotni  +998977200014  +998976741776 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin!