Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ISHGA TAKLIF QILAMIZ

26.07.2022, 14:36 E'lonlar 2090

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining quyidagi talablarga javob beradigan magistr, tayanch doktorant, doktorant, mustaqil izlanuvchi, professor-o’qituvchi va xodimlarini o’rindoshlik asosida 0,5 stavka ilmiy xodim lavozimiga ishga taklif qiladi:

✅ bakalavriat bosqichi talabalari yoki magistratura bosqichi talabalari yoxud tayanch doktorantura doktorantlari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo’lgan yoki oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilgan fan olimpiadasining respublika bosqichida 1, 2 yoki 3-o’rinni egallagan bo’lishi;

✅ magistr darajasiga ega (yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan) bo’lishi;

✅ koreys, yapon, xitoy, turk, arab tillaridan birini kamida C1 darajada bilishi.

Mazkur talablar javob beradigan mutaxassislar uchun Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazida qulay ish vaqti (o’zining asosiy ishidan bo’sh vaqtida, haftada besh kun, kuniga to’rt soat), yuqori ish haqi (mehnat haqi qo’shimcha haq, ustama, rag’batlantirish to’lovi) va erkin ijodiy muhit yaratiladi.

Murojaat uchun telefonlar:
95-040-34-43 (O.To’ychiyev),
90-971-45-50 (A.To’rayev)