“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o’tkazildi
2026-yil 10-aprel kuni Sharq xalqlari tillari va adabiyoti institutida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Unda “Ziyo ta’lim” NTM, Vosiq internatsional xususiy maktabi, LIMAKI, “Shifo info” tahririyati, Hilol edu turk tili markazi, ZTE Investment (Uzbekistan) LLC., YJF BEST食品有限公司, .“Laduccio” mas uliyati cheklangan jamiyat, Guvohnoma, Beije advertising company, Green city company, DACHENG FASHION, OOO «Yilu Culture and Technology Development», YTO EXPRESS va CAL CO LTD tashkilotlari o‘zlarida mavjud bo’sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda bitiruvchilar hamda ish beruvchi hamkor tashkilotlar o‘rtasida suhbatlar tashkil qilinib, bitiruvchi kurs talabalari bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi. E’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlari uchun bitiruvchi kurs talabalari murojaat qilib, o‘z ma’lumotnomalarini tashkilot vakillariga topshirishdi.





