Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Kechki ta’lim

KECHKI TA’LIM TO‘GRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3153-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kechki ta’limni tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.

Kechki ta’limga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida kechki ta’limda o‘qish muddati – 4,5 yil.

Universitetda kechki ta’lim talabalarining bilim olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, o‘quv-metodik adabiyotlar, o‘quv-metodik hujjatlar, tarqatma materiallar bilan ta’minlangan.

Kechki ta’lim talabalarini talabalar safidan chetlashtirish va o‘qishini qayta tiklash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.

 

23.03.2023, 12:57 12286