Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Kitob mutolaasi doirasida o‘tkazilgan davra suhbati

17.04.2017, 12:14 Yangiliklar 5016

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi yuzasidan Respublikaning ko‘zga ko‘ringan shoir, olim va madaniyat xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida taniqli notiq, Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi Rahim Jumaniyozov, shoir va huquqshunos Xol Muhammad Hasan hamda shoira Ozoda Bekmurodovalar, shuningdek, TDSHI professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Shoir, adiblarning TDSHI professor-o‘qituvchilari, talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvda kitobxonlik, kitob o‘qish san’ati, ilmning, ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni haqida suhbat olib borildi.

Taniqli notiq Rahim Jumaniyozov, shoira Ozoda Bekmurodova va shoir va huquqshunos Xol Muhammad Hasan o‘z so‘zlarida kitob o‘qishning zarurati, badiiy adabiyotning inson ongiga ta’siri, bu haqdagi sharq va g‘arbning buyuk zotlari aytib o‘tgan foydali maslahatlari,shuningdek,respublikamizda yoshlarga e’tibor va yoshlar siyosati bilan bog‘liq dolzarb masalalar haqida fikr bildirdilar.
Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob oldilar.

photo_2017-04-22_12-29-00 photo_2017-04-22_12-29-04

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    WordPress Lab Travenu – Travel & Tour Agency Elementor Template Kit Travesia | Travel Agency and Tour Booking WordPress Theme TraveX – Travel & Tour Agency Elementor Template Kit Travic – Tour & Travels Agency WordPress Theme Travil – Travel & Tour Booking WordPress Theme Travila – Modern Travel & Tour Booking WordPress Theme Travis | Photography WordPress Theme Travivu – Travel & Tour Booking WordPress Theme TRAVOL — Travel Agency Elementor WordPress Theme Travon - Hotel, Flights and Tour Meta Search Affiliate Theme