Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Kitob ulashish” aksiyasi

13.09.2019, 15:10 Yangiliklar 1776

13 sentabr kuni ToshDSHIning Eron-afg’on filologiyasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori A. Quronbekov, kafedra mudiri filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent H.Mirzahmedova va shu kafedra o’qituvchisi X.Inomiddinovlar tashabbusi bilan fors tili yo’nalishi talabalari uchun “Kitob ulash” aksiyasi bo’lib o’tdi.

Professor A.Quronbekov kitob o’qishning muhim va foydali jihatlari, kitob mutolasining hayot so’qmoqlarini yengib o’tishda qo’l kelishi haqida talabalarga foydali maslahatlar berdi hamda kafedraning “oltin fondi”dan har bir talabaga kitob sovg’a qildi.

Kafedra mudiri H.Mirzahmedova va o’qituvchi X.Inomiddinovlar mustaqil ta’lim shaklini shakllantirishda xorijiy hamda ilmiy ish olib borishda adabiyotlar qimmatli ahamiyatga egaligini ham ta’kidlab o’tishdi.

photo_2019-09-16_16-01-55 photo_2019-09-16_16-01-23 photo_2019-09-16_16-01-20 photo_2019-09-16_16-01-02