Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Konstitutsiyamiz – baxtimiz qomusi” mavzuidagi tadbir

04.12.2019, 13:18 Yangiliklar 1560

4-dekabr kuni ToshDSHI Talabalar turar joyida Sharq filologiyasi fakulteti va institut Axborot guruhi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiyamiz – baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirni Sharq filologiyasi fakulteti dekani muovini s.f.n. Sh.Aripov ochib berdi va talabalarni ushbu muhim sana bilan qutladi, so‘ngra Axborot guruhi rahbari, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri s.f.d., prof. U.Yu.Idirov mamlakatimiz hayotida Konstitutsiyamiz huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani haqida talabalarga so‘zlab berdi. Shuningdek, talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda ham Konstitutsiyamizning o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. Ushbu tadbirda Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari PhD A.Nazarov, M.Nazirov va O.Xamutalievlar ham ishtirok etib, nutq so‘zladilar. Tadbir davomida mamlakatimiz fuqarolarining o‘z siyosiy huquqlaridan foydalanib, 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlariga o‘tkaziladigan saylovlarda faol ishtirok etishning ahamiyati haqida aytib o’tildi. Tadbir savol-javob ko‘rinishida davom ettirilib, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq va atroflicha javob oldilar. Ushbu tadbir Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning huquqiy savodxonligini yanada oshirishga xizmat qiladi, deb umid qilamiz.

photo_2019-12-05_13-19-01 photo_2019-12-05_13-19-06