Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 82 39 / +998 95 515 15 05

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganligining 28 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

07.12.2020, 21:02 Yangiliklar 185

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakul’tetida asosiy qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni fakultet dekani Ch.Xusanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda talabalarimiz o‘z ma’ruzalarida Konstitutsiyaning asosiy mohiyatlarini, asosiy qomusimiz o‘zida inson – oila – jamiyat – davlat manfaatlarini uyg‘unlashtirgani sababli, mazkur hujjat hayotimizning barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning samarali, muvaffaqiyatli bo‘lishini huquqiy jihatdan kafolatlanganligini ta’kidlab o‘tdilar.
Shuningdek talabalar o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” viktorinasi o‘tkazildi. Sharq makmlakatlari siyosati va xalqaro munosabatlar kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat hay’at a’zolari talabalarning javoblarini va guruhlar kesimida tayyorlangan devoriy gazetlarini munosib baholadilar.
“Konstitutsiya bilimdoni” viktorinasi bo‘yicha g‘oliblikni 1-kurs Siyosatshunoslik ta’lim yo‘nalishi arab-ingliz guruhi talabasi Ochilov Ma’rufjon qo‘lga kiritdi.
Devoriy gazetalar ko‘rik tanlovi bo‘yicha esa 1-o‘rin “Siyosatshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs pashtu-ingliz va fors-inglizguruhlariga, 2-o‘rin “Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi xitoy-ingliz (rus) va “Siyosatshunoslik” ta’lim yo‘nalishi arab-ingliz (rus) guruhlariga, 3-o‘rin esa “Siyosatshunoslik” ta’lim yo‘nalishi hind-ingliz va arab-ingliz guruhlariga nasib etdi.
Tadbir so‘ngida g‘olib talabalar va guruhlar faxriy yorliqlar va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: