Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreyashunoslik fakulteti talabalari “Yoshlar festivali”da

07.02.2020, 14:10 Yangiliklar 1714

Joriy yilning 7-fevral kuni Toshkentda “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostida “Yoshlar festivali”  o‘tkazildi. Festivalda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Koreyashunoslik fakultetining 1-2-kurs talabalari  guruh murabbiylari Barno Hakimova, Shirin Muhamedova va Elzara Bekirovalar boshchiligidagida ishtirok etdi.  Mazkur festival doirasida soat 14 dan 18:30 ga qadar turli  tadbirlar o‘tkazildi. Festival doirasida  yoshlar oʻz isteʼdodlarini namoyish qildilar.  Festivalning oʻziga xos jihatlaridan biri undagi lohiyalarning barcha yoʻnalishlarni qamrab olganligidadir.Musiqa va san’at maktablari taqdimoti, “Yosh kitobxon” aksiyasi va kitoblar ko‘rgazmasi, harbiy texnikalar, jangavor kompositsiyalar hamda yoshlar o‘rtasida oʻtkazilgan  Kibersport musobaqasi shular jumlasidandir.Bundan tashqari tadbirkorlikka qiziqishi boʻlgan talabalar bilan “Muvafaqqiyatga erishish sirlari” mavzusida taniqli ishbilarmonlar bilan uchrashuv ham boʻlib oʻtdi. Unda Koreyashunoslik fakulteti talabalari ham oʻzlari uchun qiziqarli boʻlgan yoʻnalishlarda oʻz isteʼdodlarini sinovdan oʻtkazdilar.

pk-300x225 photo_2020-02-08_11-16-27-300x225 photo_2020-02-08_11-16-20-300x169 photo_2020-02-08_11-16-09-300x169 photo_2020-02-08_11-16-03-300x169 photo_2020-02-08_11-15-45-300x169 photo_2020-02-08_11-15-20-300x169 photo_2020-02-08_11-15-05-225x300 photo_2020-02-08_11-14-41-300x169 photo_2020-02-08_11-14-34-300x169 photo_2020-02-08_11-14-23-300x225 oplkp-300x225