Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreyashunoslik fakulteti talabasi muvaffaqiyatga erishdi.

20.07.2020, 11:00 Yangiliklar 1637

So‘nggi yillarda mamlakatimiz ilm-fan sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ta’lim muassasamiz tomonidan ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Olib borilayotgan ishlar samarasi o‘laroq universitetimiz talaba-yoshlari ilmiy yo‘nalishda yangidan yangi zafarlarga erishib kelmoqda.
Ana shunday talabalarimizdan biri – Koreyashunoslik fakulteti “Jahon siyosati” yo‘nalishi 4-kurs talabasi Nurillo Tuxtasinov kuni kecha yangi muvaffaqiyatga erishdi. U Ziyo Forum fan va ta’limni rivojlantirish xalqaro fondining 35 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik olimlar saralangan
“Yosh tadqiqotchilar: 100 ta haqiqiy hikoya” loyihasi doirasidagi maxsus almanaxga kiritildi.
Loyiha ilm bilan shug‘ullanuvchi yoshlarning yutuqlari va qiyinchiliklari haqida so‘zlab berish, ularning ilmiy izlanishlariga e’tiborni jalb qilish va maqsadli yordam berishni ko‘zda tutadi.
Talabamizning ushbu muvaffaqiyati bilan qutlab, kelgusi faoliyatiga zafarlar tilaymiz.
Ma’lumot uchun, Nurillo Tuxtasinov 2017-yilda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda, “Open Date Challenge” xalqaro tanlovida hamda 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tadqiqotlar strategiyasi markazi, UNDP va Westminstr xalqaro universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Innovatsion tadqiqotlar milliy tanlovi” g‘olibi bo‘lgan.
Bugungi kunda Nurillo Tuxtasinov “ECOdefender” va
“Uz-smart market” loyihalari ustida ishlamoqda.