Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreyashunoslik fakultetiga kitoblar taqdim etildi

04.02.2020, 13:07 Yangiliklar 1462

Insonlarga ulashiladigan eng yaxshi sovgʻa bu –  kitobdir. Bugungi kunda taʼlimda oliy oʻquv yurtlarini sohaga doir adabiyotlar bilan muntazam boyitib borish masalasi muhim ahamiyatga ega  hisoblanadi.  Bu borada Koreyashunoslik fakulteti ham  qator xalqaro tashkilot va xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda turli loyiha va tadbirlarlarni amalga oshirib kelmoqda.2020-yilning 3-fevral kuni Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti Koreyashunoslik fakultetiga Osiyo madaniyati va taraqqiyoti instituti filiali hamda Koreya Respublikasining “YOUNGPOONG”  nashriyoti tomonidan 1500 AQSh dollari miqdoridagi  o‘quv adabiyotlari taqdim etildi.Kitoblarni taqdim etish marosimida Osiyo madaniyati va taraqqiyoti institutining Toshkent filiali direktori Kim Pyonggil, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori Gulchexra Rixsiyeva, Koreyashunoslik fakulteti dekani Shoira Usmanova va fakultet talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida taʼlimda adabiyotlarning oʻrni va ahamiyati xususida tadbir mehmonlari talaba yoshlar bilan oʻz fikrlarini oʻrtoqlashdilar. Ushbu oʻquv adabiyotlari kelgusida  talabalarning  koreyashunoslik  yoʻnalishidagi ilmiy izlanishlari uchun muhim manba va koʻmakchi vosita boʻlib hizmat qilishiga ishonamiz.

photo_2020-02-04_22-03-15-300x142 photo_2020-02-04_22-02-53-300x142 photo_2020-02-04_22-02-38-300x142 photo_2020-02-04_22-02-14-1024x484