Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 82 39 / +998 95 515 15 05

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreyashunoslik fakultetiga UNESCO UNITWIN dasturi doirasida kitoblar taqdim etildi

17.12.2020, 10:22 Yangiliklar 314

Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish, oʻquv jarayonlarini ilmiy adabiyotlar bilan boyitish borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu borada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ham turli xalqaro tashkilotlar va xorijiy muassasalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Xususan, Koreyashunoslik fakulteti ham xorijiy tashkilotlar va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda turli tadbir va loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

17-dekabr kuni ham universitetimizning hamkor taʼlim muassasalaridan biri boʻlgan Koreya Respublikasining Handong universiteti Koreyashunoslik fakultetiga UNESCO UNITWIN dasturi doirasida 1625 AQSh dollari miqdoridagi oʻquv adabiyotlarini taqdim etdi. Koreya taʼlim vazirligi Handong universitetining UNESCO UNITWIN dasturi programmasini qo’llab quvvatlaydi. Albatta, oʻqituvchi va talabalarning sohaviy bilimlari hamda ilmiy izlanishlarini amalga oshirishlarida o‘quv adabiyotlari bilan bir qatorda ilmiy manbalar bazasini boyib borishining ahamiyati yuqori hisoblanadi. Ushbu taqdim etilgan adabiyotlar ham kelgusida fakultetimizda tahsil oluvchi talabalarga oʻzlari uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni olishlari uchun hizmat qilishiga ishonamiz.

photo_2020-12-17_10-19-57

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: