Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Kredit-modul tizimini boshqarish bo’limi

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI

KREDIT-MODUL TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI HAQIDA MA’LUMOT

 1

Narimonov Diyorbek Maqsudovich

Lavozimi: Kredit-modul tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Dushanba – Juma (11:00-13:00)
Tel.: 71 233-02-38 / 90175 93 17
e-mail: diyorbek_narimonov@tsuos.uz

 

Kredit-modul tizimini boshqarish bo‘limi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”  824-sonli qarori muvofiq, 2020-2021 o‘quv yilidan kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimiga o‘tishi munosabati bilan tashkil etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • Universitet ta’limning kredit-modul jarayoni amalga oshirish, fakultetlar va kafedralarda o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish, respublikadagi turdosh va xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarining kredit-modul tizimiga oid tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va amaliyotga tatbiq etish;
  • Universitet fakultetlaridagi kredit-modul tizimining joriy etilishini o‘rganish, fakultet va kafedralarida kredit-modul tizimini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;
  • namunaviy o‘quv rejasi va fanlar katalogini ilg‘or xorijiy ta’lim tajribasi asosida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, kadrlar iste’molchilari talablari va milliy qadriyatlarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqish hamda qo‘shimcha ravishda tanlov fanlar katalogini shakllantirish;
  • o‘quv rejasi va tanlov fanlari ro‘yxatiga mos ravishda guruh murabbiyi yordamida har bir talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirish;
  • Akademik qarzdor talabalarning tashabbusi bilan mavjud akademik qarzlarni topshirish maqsadida ta’til vaqtida pulli asosda yozgi semestr tashkil etish;
  • Akademik mobillik va kreditlarni tan olishni tashkil etish.

 

Kredit modul tizimini boshqarish bo‘limida boshliq, bosh mutaxassis faoliyat olib boradi.

18.12.2023, 10:03 1286