Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Leyden universiteti talabalari endi TDSHUda ham ta’lim oladi

24.06.2023, 01:13 Yangiliklar 890

Leyden universiteti va TDSHU yangidan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida yangi qadam qo’yildi. Endilikda Leyden universitetida fors tili o’rganayotgan talabalar guruhi Erasmus+ loyihasi akademik almashinuv dasturi doirasida TDSHUga o’qishga keladi.

IMG_20230622_181445_148

Ayni kunlarda Leyden universitetida xizmat safariida bo‘lib turgan TDSHU rektori G.Rixsiyeva mamlakatimiz oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar, TDSHU tarixi, bugungi kundagi faoliyat yo’nalishlari, kadrlar tayyorlash tizimi, xalqaro hamkorlik haqida Leyden universiteti soha mutaxassislariga ma’ruza qildi.

photo_2023-06-24_01-03-42

Tashrif doirasida, shuningdek TDSHUda Leyden univesiteti talabalarining 2023-2024-o’quv yili 2-semestrida fors tili guruhida ta’lim olishlari uchun o’quv rejasi muhokama qilindi. Muzokaralardan so’ng, ushbu dastur tasdiqlandi.