Liaoning pedagogika universitetida TDSHU vakillariga Faxriy professor unvoni berildi
Xitoyning Liaoning pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan “Xitoy–O‘zbekiston gumanitar almashinuvi va mintaqaviy sivilizatsiyalar o‘zaro o‘rganishi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Shavkatovna Rixsiyeva hamda universitet prorektori Nodir Karimovga universitetning Faxriy professori unvoni tantanali ravishda topshirildi.
