Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Maʼrifatparvar ayollarning ibratli yo‘li” mavzusida maʼnaviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

14.11.2022, 11:29 Yangiliklar 1153

O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri hamda O‘zbekiston respublikasi Senati raisi tomonidan tasdiqlangan  “Xotin-qizlarni qo‘llab-qo‘vvatlash, ularning maʼnaviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirish bo‘yicha Toshkent shahar tajribasini yaratish chora-tadbirlar rejasi” ijrosini taʼminlash yuzasidan 2022-yil 14-noyabr kuni Mirobod tumani hokimiyati tomonidan tashkil etilgan “Maʼrifatparvar ayollarning ibratli yo‘li” mavzusida maʼnaviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet Xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Zaynutdinova hozirgi kunda  davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan eʼtibori haqidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Shuningdek ushbu tadbirda universitetning bir guruh talaba qizlari ham faol  ishtirok etishdi.

photo_2022-11-23_11-29-07

photo_2022-11-23_11-29-14