Mahatma Gandi nomli hindshunoslik ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil bo‘yicha HISOBOTI
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Sharq tillari va adabiyoti instituti
Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi xuzuridagi
Mahatma Gandi nomli hindshunoslik ilmiy-tadqiqot markazining
2025-yili bo‘yicha
H I S O B O T I
2025-yil 4-sentabr kuni 2025-2026 oʻquv yilida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga qabul qilingan Filologiya va tillarni o’qitish (hind, urdu, malay, indonez) yo’nalishi 1- kurs talabalari Mahatma Gandi nomli hindshunoslik ilmiy-tadqiqot markazida tanishuv o‘tkazildi. Tanishuvda Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabining o‘quv, ilmiy, ma‘naviy-ma‘rifiy hamda yo‘shlar bilan ishlash, shuningdek, Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik faoliyati, talabalar uchun taqdim etiladigan taʼlim grantlari haqida ma‘lumot berildi, oliy maktabning professor-oʻqituvchilari faoliyati bilan tanishishtildi. Shu bilan bir qatorda, uchrashuv davomida universitet Xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Zaynutdinova tomonidan talaba qizlar uchun tashkillashtirilgan shart-sharoitlar hamda toʻgaraklar bilan batafsil tanishtirildi.
2025-yil 14-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi qoshidagi Mahatma Gandi hindshunoslik markazida 14-sentabr kuni “Hindiy tili kuni” (“हिन्दी दिवस”) keng nishonlandi. 1949-yil 14-sentabrda Hindiston Ta’sis majlisi hindiy tilini markaziy hukumatning rasmiy tili sifatida qabul qildi va 1953-yildan boshlab 14-sentabr “Hindiy tili kuni” (“हिन्दी दिवस”) sifatida nishonlana boshlangan.
2025-yil 14-sentabr (#xalqaro_maʼruza) kuni Mahatma Gandi nomli hindshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi rahbari prof. U.Muhibova Maharashtra shtatining Venkatesh Maxajan Varishtrx universiteti tomonidan tashkil etilgan “Hind yozuvchisi Jayshankar Prasadning ijod olami” mavzusida xalqaro vebinarda “Jayshankar Prasadning hikoyalar olami” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.
2025-yil 18-19-sentabr (#xalqaro_anjuman) kunlari Mahatma Gandi nomli hindshunoslik ilmiy-tadqiqot markazida “Adabiyotda madaniy-ma’rifiy qadriyatlarning in’ikosi” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. TDShUda Anjumanda Hindiston va Pokistonning nufuzli universitetlari mutaxassilari, xususan, Hindiston madaniy aloqalarni rivojlantirish kengashi (ICCR) raisi o‘rinbosari Janob Abhay Kumar hamda Javaharlal Neru universiteti professori Xoja Ikromuddin, Dehli universiteti professori Chander Shekxar, Pokistonlik olima dotsent Shagufta Yasmin, shuningdek, Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid va boshqa olimlar ishtirok etdilar.
2025-yil 19-sentabr kuni (#xalqaro_maʼruza) Hindiston Xalqaro Madaniy Markazi Gurugram hamda Dehli universiteti hamkorligida “Notinch dunyoda Vasudhaiva Kutumbakam g‘oyasining dolzarbligi” mavzusida tashkil etilgan xalqaro vebinarda Mahatma Gandi nomli Hindshunoslik markazi rahbari professor Ulpatxon Muhibova “Vasudhaiva Kutumbakam — butun jahon bir oila shiorining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.
2025-yil 21-22 sentabr kunlari urdu tilida Hindiston nashr etiladigan OAVda Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazining faoliyati keng yoritildi.
2025-yil 22 sentabr kuni (#chet_ellik_ustozlar_maʼruzalari) Hindistonning Javaharlal Neru universitetidan tashrif buyurgan Professor Xoja Muhammad Ekramuddin Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida “Til, adabiyot va madaniyat uyg‘unligi” mavzusida 4-kurs hind va urdu guruhlariga maʼruza qildi.
2025-yilning 27 sentabr (#xalqaro_maʼruza) kuni Hindistonning Patna shahrida Hindiston Adabiyot Akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Xalqaro adabiyoti konferensiya-festivali”da Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazi rahbari profesor Ulfatxon Muhibova o‘zining “O’zbekistonda Hindiston xalqlari adabiyotini o’rganish tarixi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
2025-yilning 2 oktabr kuni Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida “Hindi Speaking Club” toʻgaragi doirasida 2025-yil 2-oktabr kuni Hindistonning davlat arboblari Mahatma Gandhi hamda Lal Bahadur Shastri tugʻilgan kunlari munosabati bilan hindiy tilini oʻrganuvchi guruhlarda bu ulugʻ siymolar haqidagi qisqa metrajli filmlar namoyish etildi.
2025-yilning 23 oktabr kuni Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabining talabalari ishtirokida “Hindi Speaking Club” toʻgaragining navbatdagi mashgʻuloti «Hindistonda Divali bayrami» mavzusida bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 24-oktabr kuni Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida Toshkentdagi Lal Bahadur Shastri nomidagi hindi tiliga ixtisoslashgan 24-maktab ustozlari va o‘quvchilari bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
2025-yil 31-oktabr kuni Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi tayanch doktoranti Nurmatova Zubaydaning “Hindiy tilidagi omonimlarga oid leksik birliklarning fonetik va struktur-semantik xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy ishining II bob muhokamasi boʻlib oʻtdi.
2025-yilning 4-noyabr kuni Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida Hindistonning Mumbay universiteti dotsenti Manish Kumar Mishra tomonidan
2025-yilning 17-noyabr kuni Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida Xorijiy til va adabiyot: Ingliz tili yo‘nalishi 1-kurs talabalarining ikkinchi xorijiy til (hindiy tili) fanidan “Mustaqil taʼlim” darslari doirasida tayyorlagan ijodiy ishlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 19-noyabr kunidan boshlab Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi hindiy va urdu tili mutaxassislarining Javaharlal Neru universitetida “Raqamli pedagogika va xorijiy til oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari” (“Digital Pedagogy and Technology in Language Teaching”) mavzusidagi 144 soatli malaka oshirish kurslarining online mashg‘ulotlari boshlandi.
2025-yil 21-noyabr kuni Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi hindiy va urdu tili mutaxassislariga Hindistonning Javaharlal Neru universitetidagi malaka oshirish kursi doirasida professor Xoja Ikromuddin tomonidan “Hindiy va Urdu tili tarixi” mavzusida maʼruza tinglandi.
2025-yil 26-noyabr kuni Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi hindiy va urdu tili mutaxassislariga Hindistonning Javaharlal Neru universitetidagi malaka oshirish kursi doirasida Banoras Hindu universiteti professori Vashistha Anup tomonidan “Gʻazalning rivojlanishi va hindiy tilidagi gʻazallar” mavzusida maʼruza tinglandi.
2025-yilning 28-noyabr kuni (#Xalqaro onlayn_maruza) Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazi rahbari professor Ulfatxon Muhibova Hindistonning Jamiya Milliya Islamiya universiteti bilan hamkorlikda o‘zbek tilini o‘rganuvchi talabalar uchun “O‘zbek xalqi hamda o‘zbek tili tarixi” mavzusida onlayn ma’ruza o‘qidi.
2025-yil 29-noyabr kuni Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi malay yili o’qituvchisi Muxtarova Munisa tomonidan Malayziyaning “Sulton Idris” universitetidan tashrif buyurgan bir guruh talabalar va Siberjaya shahridagi Seri Puteri maktabi o‘quvchilariga “O’zbek milliy qadriyatlari va taomlari” mavzusida ma’ruza o‘tkazdi.
2025-yil 25- noyabr kuni Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi tomonidan “Hindi Speaking Club” to‘garagining “Hindiston Respublikasining Konstitutsiyasi” mavzusidagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Toʻgarakda 5-kurs hindiy-ingliz guruhi talabasi Neʼmatov Murotillo “Hindiston va O’zbekiston Konstitutsiyasidagi oʻxshashlik va tafovutlar” mavzusida erkin muloqot tashkil qildi.
2025-yil 4-5 dekabr kuni Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan 4-dekabr kuni Hindshunoslik ilmiy markazi rahbari professori U.U. Muxibova tomonidan Talabalar turar joyida “Qomusimiz or-nomusimiz” mavzusida maʼruza tashkil etdi. 5-dekabr kuni esa universitetning “Mahatma Gandi hindshunoslik markazi”da “Qomusimiz-baxtimiz” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
2025-yil 5-dekabr kuni (#Xalqaro_malaka_oshirish) Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi hindiy va urdu tili mutaxassislariga Hindistonning Javaharlal Neru universitetidagi malaka oshirish kursi doirasida universitetning Hindiston tillari kafedrasi mudiri, professor Bandana Jha tomonidan “Bharatamunining “Natyashastra asari” mavzusida maʼruza tinglandi.
2025-yilning 6–dekabr kuni (#Xalqaro_maruza) Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazi rahbari professor Ulfatxon Muhibova Hindistonning Fan va texnologiya instituti Fan va gumanitar fanlar fakulteti hindiy tili kafedrasi tomonidan tashkil etilgan yetti kunlik hindiy tili xalqaro onlayn oʻqitishni rivojlantirish dasturida “Bhakti adabiyoti va tadqiqot metodologiyasi” mavzusida 45 daqiqalik online maʼruza qildi.
2025-yilning 20–dekabr kuni Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazi rahbari professor Ulfatxon Muhibova “Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi-2025” kitobiga kiritildi hamda “Science and Innovation Awards — 2025” taqdirlash marosimida ishshtirok etdi.
2026-yilning 27–yanvar kuni Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida “Xalqaro hindiy tili” kuni munosabati bilan “Hindiy tilining buguni va iqtiqboli” mavzusidagi adabiy-madaniy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi ustoz va talabalari hamda Hindiston elchixonasi xodimlari ishtirok etdilar.
2026-yilning 5-fevral kuni Mahatma Gandi Hindshunoslik ilmiy markazida Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi talabalarining “Hindi Speaking Club” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir hindiy tilini o‘rganayotgan talabalarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning erkin fikrlashi, mustaqil mulohaza yuritishi hamda mavzularni chuqur va ongli tarzda anglashiga qaratildi.