“Mahmudxo‘ja Behbudiy ilmiy-adabiy merosini o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati

2025-yil 6-may kuni TDSHUda “Mahmudxo‘ja Behbudiy ilmiy-adabiy merosini o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2024-yil 27-dekabrdagi Qarorida belgilangan chora-tadbirlar doirasida o‘tkazilgan bo‘lib, unda mamlakatimizning bir guruh yetakchi jadidshunos olimlari ishtirok etdilar.
Davra suhbatida ishtirok etgan Kinematografiya agentligi bosh direktori, professor Shuhrat Rizaev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo hamda professor-o’qituvchilar Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiga doir yangi ilmiy ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, tadbirda TDSHU Jadidshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi olimlari tomonidan tayyorlanib, nashr etilgan “Behbudiy dahosi” nomli kitob taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.