Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“mahmudzamaxshariy.uz” loyihasi doirasida Istanbulda ilmiy uchrashuv

29.04.2026, 09:19 Yangiliklar 325

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Doktorantura bo‘limi boshlig‘i To‘rayev Laziz hamda Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahliliy markazi direktori Mamadjonov Adxamjon “mahmudzamaxshariy.uz” amaliy loyihasi doirasida Turkiyaning Istanbul shahrida ilmiy safarda bo‘lib turibdi.

Safar davomida ular Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Sulaymoniya qo‘lyozmalar kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida kutubxona mudiri Salih Kahriman hamda qo‘lyozmalar bo‘yicha mutaxassis Muhammad Osman Doğan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “mahmudzamaxshariy.uz elektron platformasini yaratish (Mahmud Zamaxshariyning dunyo fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozma nusxalarining katalogini shakllantirish hamda ijtimoiy-axloqiy masalalarga oid tanlangan asarlar to‘plamini nashr qilish)” amaliy loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, kutubxona fondida saqlanayotgan Mahmud Zamaxshariyning “Rabi’ ul-Abror” asarining eng qadimiy qo‘lyozma nusxasi bilan tanishildi.

    WordPress Lab Aspire - SEO & Digital Marketing Elementor Template Kit Asri – Multi-Purpose Elementor WordPress Theme Asset CleanUp Page Speed Booster PRO Ast Fulfillment Manager ( Formerly Advanced Shipment Tracking Pro ) Astana – Real Estate & Architecture Elementor Template Kit Asteno – Wine & Vineyard WP Theme Astia – Minimal Portfolio WordPress Theme for Photographers Asting – Charity & Donation WordPress Theme Astones – American Football Team & Sports Elementor Template Kit Astra Premium Sites Plugin + Agency Demos