Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Manbashunoslik laboratoriyasi (O’zRFA Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda)

 1 Markaz direktori: MADIYOROV FATILLO
Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba

soat 10:00-12:00

Tel: +998998942904
e-mail: madiyorfatilloev@gmail.com

 

Markaz haqida qisqacha malumot:

Manbashunoslik ilmiy laboratoriyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi PQ-4680-sonli “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda TDSHU Kengashining 2023-yil 30-avgustdagi 1-sonli majlisi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

 

Markaz vazifalari

– Sharq xalqlarining madaniyati, sharq tillaridagi adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni dunyo miqyosida targʻib etish, Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish;

– Sharq madaniyati va merosi, qadimiy yodgorlik va qoʻlyozmalarni ilmiy jihatdan oʻrganish, mazkur yoʻnalishda ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

– Sharq xalqlarining madaniyati, sharq tillaridagi adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni dunyo miqyosida targʻib etish;

– Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmud Zamaxshariy va boshqa buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tili, madaniyati va tarixiga oid yozma manbalarni oʻrganish;

– Dunyo qoʻlyozma fondlari va arxivlaridagi mamlakatimiz tarixiga oid yozma yodgorliklar va tarixiy hujjatlar koʻlamini aniqlash, ularni oʻrganish, ilmiy-izohli nashrlarini tayyorlash, mamlakatimizdagi qoʻlyozma fondlari va muzeylarida saqlanayotgan arab, fors, turkiy tillardagi qoʻlyozma asarlar asosida ilmiy tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish;

– Sharq madaniyati va merosi, sharq tillari tarixi, adabiyoti, falsafasiga oid yozma yodgorliklar boʻyicha turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;

– Qoʻlyozma asarlarining matnshunoslik tadqiqi va ilmiy tahlili asosida universitet bakalavrlik va magistrlik oʻquv rejalaridagi til, adabiyot, tarix va falsafa bilan bogʻliq kurslar oʻquv dasturlariga yozma yodgorliklar mazmun-mohiyatini singdirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

–Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va yozma yodgorliklarga bagʻishlangan turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;

– Universitetda davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan yozma yodgorliklar va ularni oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqot ishlarni oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash;

– Markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallarni hamda soha boʻyicha erishilgan ilmiy natijalarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;

– Ajdodlarimizdan qolgan yozma yodgorliklarga bagʻishlangan eng nufuzli ilmiy asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirish ishlarini yoʻlga qoʻyish;

– Laboratoriya ishiga yurtimiz va chet ellarda faoliyat olib borayotgan yozma yodgorliklar boʻyicha yetakchi sharqshunos olimlarni jalb qilish.

– Sharq xalqlarining madaniyati, sharq tillaridagi adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni tadqiq, tahlil eta oladigan sharqshunos mutaxassislarni yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;

Laboratoriya unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– Sharq madaniyati va merosining dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;

– Universitetning va Markazining tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;

– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;

– Laboratoriya ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;

– Sharq xalqlari madaniyati, tili, adabiyoti, tarixi, falsafasi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishning ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

– Sharq madaniyati va merosining turli yoʻnalishlari boʻyicha materiallar tayyorlaydi.

Markaz nizomi

08.01.2024, 15:07 350