Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

MARKETING BO’LIMI

 

1 Lapasov Nurali Abduraxmon o‘g‘li
Lavozimi: Marketing bo‘limi boshlig‘i
Qabul vaqtlari:  Seshanba va payshanba kunlari (14:00-17:00)
Tel.: +99871 232-16-98

 

+99890 907-35-93

E-mail:  nurali_lapasov@tsuos.uz

 

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Marketing bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, harakatdagi Mehnat Kodeksi va amaldagi qonunchilik va ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ish ko‘radi.

 

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Marketing bo‘limi ” bo‘limi maqsad va vazifalari:

  • Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tayyorlangan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o‘rganish asosida ma’lumotlar bankini shakllantirish;
  • Ta’lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real “buyurtmalar portefeli”ni shakllantirish;
  • Oliy ta’lim muassasasining bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo‘yicha komissiyasini tashkil etish va yakuniy taqsimotni o‘tkazib, uning natijalari bo‘yicha bitiruvchilar shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish;
  • Taqsimot komissiyasi tomonidan ishga taqsimlangan yosh mutaxassislardan tushgan arizalarini ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan hollarda qayta taqsimlash yoki mustaqilishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasasi komissiyasiga murojaat etish;
  • Joriy yilda va o‘tgan yillar davomida ishga joylashgan yosh mutaxassislar bilan qayta aloqalar o‘rnatish, zaruriy hollarda ularga amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda mehnat faoliyati natijalarini umumlashtirish;
  • Yangi o‘quv yili qabul rejasining bajarilishi (davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, qabul qilingan talabalar soni, ularning kurslar, ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha taqsimlanishi, o‘qitish tillari va h.k.) haqida ma’lumotlar bankini yaratish;
  • Yangi o‘quv yilida davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘qishni tugatgandan so‘ng ishga taqsimlangan joyida 3 yil ishlab berishi to‘g‘risida shartnomalar tuzish;

 

 

 

 

2 Abdullayeva Shahnoza Abdullayevna
Lavozimi:  Marketing bo‘limi bosh mutaxassisi
Qabul vaqtlari:  Dushanba va chorshanba kunlari (09:00-16:00)
Tel.: +99871 232-16-98

 

+99890 998-24-28

E-mail:
  • Iste’molchilarni raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli va yillik shartnomalar tuzish;
  • Bitiruvchini ishga taqsimlashda iste’molchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis to‘g‘risidagi tavsiya va takliflarini mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda e’tiborga olinishiga erishish;
  • To‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalar yoki ishlab chiqarish korxonalari bilan turli xildagi shartnomalar tuzish;
  • Taqsimot komissiyasi tomonidan ishga taqsimlangan yosh mutaxassislardan tushgan arizalarini ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan hollarda qayta taqsimlash yoki mustaqilishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasasi komissiyasiga murojaat etish;

 

 

3 Aripova Sayyora Abduazimovna
Lavozimi:  Marketing bo‘limi marketologi
Qabul vaqtlari:  Dushanba va juma kunlari (09:00-16:00)
Tel.: +99871 232-16-98

 

+99890 044-29-89

E-mail:

 

  • Ish beruvchilar (iste’molchilar)ga ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televidenie, elektron aloqa, veb-sayt) orqali bitiruvchilar to‘g‘risida (viloyatlar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar kesimida) ma’lumotlar e’lon qilish;
  • Kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash natijalari haqidagi ma’lumotlarni taalluqli vazirlik (idora)ning maxsus komissiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga axborotlar taqdim etish;
  • Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklarini namoyish qilish maqsadida oliy ta’lim muassasasining respublika, mintaqaviy va xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etishini ta’minlash.
  • Taqsimot komissiyasi tomonidan ishga taqsimlangan yosh mutaxassislardan tushgan arizalarini ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan hollarda qayta taqsimlash yoki mustaqilishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasasi komissiyasiga murojaat etish;

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

24.11.2021, 16:06 6206

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: