Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Mening startap loyiham” dasturi doirasida uchrashuv o’tkazildi

29.09.2023, 17:00 Yangiliklar 516

“Mening startap loyiham” dasturi doirasida TDSHU va BMA bitiruvchisi, “ANDIJAN GROUP” MChJ Boshqaruv kengashi a’zosi, TDYU o’qituvchisi Tuxtasinov Nurillo bilan talabalar uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Spiker N.Tuxtasinov talabalarga “Startap” haqida taqdimot qildi va grantlar, uzbeklife, findata loyihalari, o’zining “Intellect construction” IT va media maktablari haqida ma’lumot berdi.

IMG_20230930_165953_891_edit_372663257417683

Uchrashuv davomida talabalarga universitet Yoshlar akademiyasining “Bo‘lajak olim” va “Akademik harakatchanlik” dasturi bo’yicha Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i To’rayev Laziz va fakultet yoshlar akademiyasi haqida ShMIST fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Mardayev Omonlar ma’lumotlar berishdi.

IMG_20230930_165949_372_edit_372675459858303

Uchrashuv yakunida savollari bilan ishtirok etgan va faol bo’lgan talabalarga spiker tomonidan innovatsion faoliyatga oid kitoblar taqdim etdi.