Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Multimediali taqdimot yaratish” mavzusida seminar-trening

27.12.2019, 16:24 Yangiliklar 3162

25-dekabr kuni ToshDSHIning “Matematika va AT” kafedrasi dotsenti R.Mamajanov va katta o‘qituvchi T.Rajabovlar akademik litsey o‘qituvchilari uchun “Multimediali taqdimot yaratish” mavzusida seminar-trening tashkil etdilar.Ushbu seminarni akademik litsey direktori X.A.Sultonov ochib berdi hamda kun tartibidagi masala va seminardan kutilgan maqsad va vazifalar haqida gapirib o‘tdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning uchinchisida aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan bo’lib, mazkur seminar-trening ana shu vazifani amalga oshirgan holda tashkil etilganligi ta’kidlandi.R.Mamajanov seminar mavzusi “Multimediali taqdimot yaratish” bilan tanishtirdi va o‘quv jarayoniga elektron axborot ta’lim resurslarini joriy etishning pedagogik mohiyatini tushuntirib berdi. Shuningdek, dars jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va multimedia texnologiyalaridan foydalanishning muhim jihatlari haqida gapirib berdi.Bundan tashqari, dars jarayonida mavzularni multimedia texnologiyalar asosida tayyorlashning dasturiy ta’minotlari haqida to’xtalib, dasturiy paketlarning ishlashi bilan tanishtirib o‘tdi.R.Mamajanov so‘z yakunida, akademik litsey o‘qituvchilariga amaliy mashg‘ulot tashkil etishlarini taklif qildi.So’ngra katta o’qituvchi T.Rajabov so‘zga chiqib, dars jarayonida onlayn va oflayn testlardan foydalanish hamda ularning bazalarini tayyorlash haqida qisqacha tushunchalar berib o’tdi.Seminar yakunida ToshDSHIning “Matematika va AT” kafedrasi va akademik litsey o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.

2-1-300x225  3-2-300x225