Munosabat
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan talabalarning malakaviy amaliyotni sifatli va o‘z vaqtida tashkil etishini ta’minlash maqsadida tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim xabarlar yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, malakaviy amaliyotni tashkil etish muddatlari amaldagi tartib va nizomlar asosida belgilanadi. Xususan, talabalar tomonidan amaliyot o‘tash joyi bo‘yicha shartnoma yoki rasmiy xat taqdim etishning yakuniy muddati sifatida 20-aprel sanasi nazarda tutilgan.
13-aprel sanasi esa ayrim tyutorlar tomonidan tashkiliy jarayonlarni tezlashtirish, talabalarning amaliyot joylarini oldindan shakllantirish hamda hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish maqsadida tavsiya etilgan ichki muddat sifatida bildirilgan bo‘lishi mumkin. Universitet talabalarning manfaatlarini inobatga olgan holda, barcha jarayonlar qonunchilik va tasdiqlangan tartiblar asosida amalga oshirilishini ma’lum qiladi. Talabalardan rasmiy ma’lumotlarga tayanish va masala yuzasidan dekanat bilan bevosita muloqot qilish so‘raladi.