Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan chop etilgan “Istiqlol davri o‘zbek navoiyshunosligi” o‘ttiz jildlik to‘plamining taqdimoti hamda “Nazm va navo” kechasi bo‘lib o‘tdi.

09.02.2023, 10:54 Yangiliklar 859

Tadbir avvalida Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila tufayli halok bo‘lganlar xotirasi yodga olinib, bir daqiqa sukut saqlandi.

Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondining ijrochi direktori, atoqli olim Olimjon Davlatov keyingi yillarda ulug‘ mutafakkir bobomiz ijodini o‘rganish sifat va mazmun jihatdan yangi bosqichga olib chiqilganini taʼkidladi. Prezidentimizning 2020 yil 19 oktabrda qabul qilgan “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori jahon eʼtirof etgan mutafakkir ijodini to‘laqonli o‘rganishda yangi istiqbollarni ochib bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Ushbu hujjatga muvofiq tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi tomonidan Navoiy asarlari izohli lug‘atining mobil ilovasini yaratish, uning merosini puxta o‘rganish va targ‘ib etish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish borasida katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

4

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid benazir shoir ijodi xususida batafsil to‘xtalib, uning sheʼriyatiga bog‘langan yangi muxammasini o‘qib berdi.

5

Turkiyadagi Xalqaro Alisher Navoiy ilmiy tadqiqot markazi rahbari Abdurahmon Go‘zal xorijda ham ulug‘ zot ijodi, faoliyatiga eʼtibor tobora ortayotganini qayd etib, Navoiy turk dunyosining buyuk siymosi, uning ijodini o‘rganish esa faxr ekanini alohida qayd etdi.

3

Tadbirda TDSHU ning professor – o’qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

7

Ushbu 30 jildlik to’plamdan TDSHUning Navoiyshunos professor – o’qituvchilarining maqolalari ham o’rin olgan.

8