Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

NAMANGANDA SHARQSHUNOSLIK AN’ANALARI QAYTA TIKLANADI‼️

13.09.2020, 19:50 Yangiliklar 5075

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-ustozlari rektor G.Rixsiyeva boshchiligida sharqshunoslik sohalari bilan bog‘liq vazifalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida 12-sentabr kuni ish safari  bilan Namanganda bo‘lib qaytishdi.

Namangan Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumi Prezidentimizning 2019-yil, 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni asosida TDSHU huzurida faoliyat yuritishi belgilangan edi.

Mana shu farmonda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha texnikum jamoasi bilan universitet rahbariyatining muloqoti jarayonida texnikum oldida turgan vazifalar, qabul kvotasi, yangi o‘quv rejalarini joriy etish, yangi kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalasi muhkama qilindi. Bundan tashqari universitetimizning professor-o‘qituvchilari ilmiy va o‘quv,ma’naviy-ma’rifiy salohiyatidan texnikumning ta’lim jarayonini tashkil etishda foydalanish masalasi yuzasidan ham fikr almashinildi.

Shuningdek, universitet o‘qituvchilarning “kitob sovg‘a qilamiz” aksiyasi ham tashkil etildi.