Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Navro‘z bayrami uchun chegirmalar e’lon qilindi

15.03.2022, 14:47 E'lonlar 1253

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan 2022 yil 19-20-21-22-23 mart kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab quyidagi chegirmalar joriy qilindi (ko’rish uchun).

  1. “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Respublika aholisi uchun ichki respublikalararo qatnovlarga barcha turdagi tariflarga 50 foiz chegirma joriy qilindi.
  1. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlari uchun:

– oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ va DBX maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun – 15 foiz;

– kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun – 15 foiz;

– «Afrosiyob» tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilar uchun – 10 foiz chegirmalar joriy qilindi.