Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Nizomiydan Navoiygacha bo’lgan ma’naviyat ko’priklari” nomli Xalqaro ilmiy-konferensiya

05.11.2021, 19:50 Yangiliklar 1376

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Yevroosiyo mintaqaviy markazi yoshlar forumi hamkorligida, joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Nizomiydan Navoiygacha bo’lgan ma’naviyat ko’priklari” nomli Xalqaro ilmiy-konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Yevroosiyo mintaqaviy markazi yoshlar forumining rahbariyati, Ozarbayjonning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliyev, diplomatik missiya xodimlari, Ozarbayjon milliy fanlar akademiyasi qoshidagi Qo’lyozma instituti direktori, akademik Teymur Karimli boshchiligidagi olimlar, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o’qituvchi  va talabalari ishtirok etdilar.

Konferensiya Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi va Alisher Navoiyning 580 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon va O’zbekistonning buyuk o’rta asr shoir, mutafakkirlarining insonparvarlik g’oyalari, ularning aloqalari va zamon bilan hamnafasligiga bag‘ishlab o‘tkazildi.

Konferensiya doirasida, yaqinda Boku shahrida Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Yevroosiyo mintaqaviy markazi yoshlar forumi tomonidan nashr qilingan «Contributions of the Eurasian Nations to Islamic Culture» (Yevroosiyo xalqlarining Islom madaniyatiga qo’shgan hissasi) nomli kitob taqdimoti bo’lib o’tdi.  Kitobning bir bobi “O’zbekiston – Movarounnahr Islom madaniyatining marvaridi” deb nomlangan bo’lib, uning muallifi-TDSHU professori Shuhrat Yovqochevdir.

4e18cf6fb1cd81a4dde5b b488e191da95a4e31c8cf 

d588e42f5c7af08ce3bad 50b1d61cff5aa31910ab6

4ac563bdc355bf0b3a5dd 6f08166eb45c7a895d0f5

4162d89d4f9e3ed781502 7b72dc334614407fa7345

d2162ae4d160457f0c681 63185576e454a2085e02a

321a27ea2c9d65fc621b6 3f3fc7b986e35459b9d0f

82d7ad0a35ef1922f1039 18944df9231a833283b98