Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir

04.05.2016, 13:10 Yangiliklar 3617

2016-yil 4-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Madaniyat” saroyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda TDShI Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i M.Komilov, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi bo‘lim mudiri Z.G‘afforova, Toshkent shahar IIBB xorijga chiqish, kelish va fuqarolarni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori M.Roziqovlar so‘zga chiqib, talabalarni ogohlikka da’vat etish barobarida, bugungi kunda ijtimoiy hayotimizda, ayniqsa, odam savdosi qurboniga aylanib qolgan yoshlarimiz haqida so‘z yuritar ekan, ularning qay tarzda ushbu illatning qurboniga aylanganligini va uning ortida qolgan oila a’zolarining ko‘z yoshlari haqida gapirib o‘tdi. Bundan tashqari bugungi kunda odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida tushunchalar berib o‘tdi. So‘ng, talaba-yoshlar e’tiboriga “Aldanganlar” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.

04.05.2016

TDShI Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Sh.Jo‘rayev