Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Ogahiy nafosati” to‘garagining navbatdagi yig‘ilishi

26.11.2021, 01:03 Yangiliklar 1241

TDSHU Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi tomonidan Ogahiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Ogahiy nafosati” to‘garagining navbatdagi yig‘ilishi bo‘ldi.

Kafedra mudiri f.f.d. Dilafruz Muxiddinova yig‘ilishni ochib, bugungi kunda universitetimizda Ogahiy ijodini o‘rganish jadal keteyotganini aytib, bu borada talabalarni faol bo‘lishga chorladi. Kafedra professori Adhambek Alimbekov to‘garakning yillik rejasi bilan tanishtirib, qilinadigan ishlar, maqsad, vazifalar haqida so‘zladi.

Tadbir davomida talabalar o‘zbek, rus va xorijiy tillarda Ogahiy g‘azallaridan o‘qidilar. Kafedra professori Ra’no Xodjaeva talabalarning g‘azal o‘qishiga munosabat bildirib, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi.

Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan talabalar universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

 

TDSHU Matbuot xizmati