Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya sovrindori

29.04.2021, 15:52 Yangiliklar 993

Bugun – 29-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kengashining 9-majlisida “Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlari va Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya taynlash to‘g‘risida”gi masala muhokama qilindi.
Stipendiya Tanlov komissiyasi xulosalari asosida universitet Kengashi 4 nafar talabaga 2021-2022-o‘quv yili davomida “Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya” taynlashga Qaror qabul qildi. Ularning 3 nafari universitetimizning iqtidorli qizlari – Abdulazizova Mahbuba Umidjon qizi, Elliyeva Sadoqat Axmat qizi, Yo’lchiyeva Yorqinoy Umarboy qizi va 4-talabamiz Turdialiyev Obidjon Sodiqjon o’g’li

Universitet Kengashining maxsus stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi qarori rektor buyrug‘i asosida kuchga kiradi.

Maxsus stipendiyaga sazovor bo‘lgan talabalarga joriy yilning 20-mayiga qadar “Ogahiy nomidagi stipendiya sovrindori” guvohnomasi beriladi.
Maxsus stipendiya talabalarga bir o‘quv yili davomida sentyabr oyidan boshlab beriladi.
Stipendiya miqdori Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori 2-ilovasining 2-bandiga muvofiq (1207461 so‘m etib) belgilanadi.

photo_2022-10-07_15-53-44 photo_2022-10-07_15-53-40 photo_2022-10-07_15-53-35photo_2022-10-07_15-53-32