Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Oliy Majlis Senati Raisi bo‘lajak sharqshunoslar bilan samimiy muloqot qildi

07.05.2026, 20:27 Yangiliklar 547

2026-yil 7-may kuni TDSHU rahbariyati vakillari, “Sharqshunos tahlilchilar” va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klublari a’zolari Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar Senat faoliyati, qonunchilik jarayonlari hamda davlat boshqaruvi tizimidagi islohotlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.


Mazkur tashrif talabalarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, parlament faoliyati haqidagi tasavvurlarini kengaytirish hamda amaliy tajriba orttirishiga xizmat qildi.