Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o’rinbosari Sh.Turdikulova boshchiligidagi Vazirlik mutasaddilari TDSHUga tashrif buyurdi

17.02.2023, 14:11 Yangiliklar 1266

2023-yilning 17-fevral sanasida TDSHUga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar o‘rinbosari Turdikulova Shaxloxon O‘tkurovna boshchiligidagi Vazirlik mutasaddilari tashrif buyurdi.
Sh.Turdikulova boshchiligidagi Vazirlik mutasaddilari Universitet rahbariyati va maʼsul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining topshiriqlari, ularda belgilangan vazifalar hamda 2023 yil uchun istiqbolli rejalar haqida gapirib o‘tdi.
Uchrashuv davomida TDSHU rektori G.Rixsiyeva so‘zga chiqib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘tkazgan yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlarning universitetdagi ijro xolati haqida batafsil maʼlumot berdi.

IMG_0667
Shuningdek, G.Rixsiyeva so‘nggi yillarda OTMda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha taqdimot qilib, o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.04.2020 yildagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-4680-son qarori ijrosi masalasiga alohida to‘xlalib o‘tdi hamda mazkur masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

IMG_0739

Tadbir davomida G.Rixsiyeva Universitetda taʼlim hamda ilm-fan sohalarini takomillashtirishga doir o‘z mulohazalarini bildirib,

  • Oliy taʼlim tizimida milliy reyting ko‘rsatkichlarini xalqaro reyting ko‘rsatkichlari bilan unifikatsiya qilish;
  • 2026-yilga qadar QS va THE xalqaro reytinglariga kirish bo‘yicha tanlab olingan 18 ta Oliy taʼlim muassasalarining xalqaro reytinglardan metodik yordam olishi bo‘yicha vazirlik tomonidan QS va THE xalqaro reyting agentliklari bilan shartnoma tuzish;
  • Hamkor xorijiy universitetlarda taʼlim ko‘rgazmalarini tashkil etish;
  • Hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan yangi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

IMG_0727

Universitetda xorijiy sharq tillarini bilish darajalarini belgilovchi imtihonlarga tayyorlash, imtihonlarni olish hamda O‘zbekiston Respublikasida tan olinuvchi davlat namunasidagi (CEFR) sertifikatlar berish tizimini yo‘lga qo‘yish kabi takliflarini o‘qib eshittirdi.
Uchrashuv yakunida Vazir o‘rinbosari Sh.Turdikulova TDSHUda 2022-yilda erishilgan natijalar yuzasidan fikr bildirib, 2023-yilda amalga oshiriladigan ishlar “Yo‘l xaritasi”ga doir o‘z tavsiyalarini berdi.

IMG_0792
Tashrif chog‘ida Vazir o‘rinbosari Sh.Turdikulova universitetda yo‘lga qo‘yilgan taʼlim-tarbiya jarayoni hamda joriy o‘quv yilining boshida foydalanishga topshirilgan yangi ikki o‘quv binosini aylanib, u yerdagi talabalarning bilim olishi, professor-o‘qituvchilar hamda tadqiqotchilarning ilmiy faoliyat olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
So‘ngra, Vazir o‘rinbosarining TDSHU talabalari bilan jonli muloqoti bo‘lib o‘tdi. Muloqot do‘stona-samimiy muhitda o‘tib, uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IMG_0839

IMG_0943

IMG_0938

IMG_0965

IMG_1013