Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Xotin-qizlarning ilm va innovatsiyalar forumi” tashkil etildi

07.03.2023, 14:54 Yangiliklar 561

Soha tashabbuskorlarining bir guruhi taqdirlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Xotin-qizlarning ilm va innovatsiyalar forumi” tashkil etildi.

Unda 8 ta oliy ta’lim muassasasidan 160 nafarga yaqin talaba-qiz, olima ayollar ishtirok etib, ilmiy va innovatsion ishlanmalar taqdimoti o‘tkazildi.

Eng sara loyihalar bilan ishtirok etgan 8 nafar xotin-qiz Yoshlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi. Akademiya a’zolari uchun “Ayollar klubi” tashkil etilishi, bu orqali sohadagi ayollar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratilishi aytib o‘tildi.

photo_2023-03-07_14-50-53

Shuningdek, forum doirasida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovining 7 nafar g‘olibasi ham taqdirlandi.

Forum doirasida TDSHU rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna, Eron-afg’on kafedrasi mudiri Mirzaxmedova Xulkar Vasilovna ham taqdirlandi.

photo_2023-03-07_14-50-48