Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Oliy ta’lim muassasalari Axborot-resurs markazlari pandemiya davrida: muammolar va yechimlar va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik

27.08.2020, 12:10 Yangiliklar 1821

 Oliy ta’lim muassasalari Axborot-resurs markazlari pandemiya davrida: muammolar va yechimlar va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik mavzusida onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi. Bunda Oliy va o‘rta  maxsus ta’lim vazirligi xodimlari va respublikadagi oliy ta’lim muassasalari Axborot –resurs markaz raxbarlari va xodimlar qatnashdilar. Vebinar davomida ARM ning hozirgi sharoitdagi muommolari va yangi o’quv yilida amalga oshirilishi kerak bo’lgan masalalar yuzasidan qatnashchilari o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.

2020-yil mart oyida jahon miqyosida COVID-19 infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya e’lon qilindi. 2020-yil 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 176-son qarori qabul qilindi. Ushbu qaror asosida davlat oliy ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, maktabdan tashqari va maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda barcha nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonlari to‘xtatildi va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan boshqa bir qator choralar ko‘rildi. Shu ma’noda Axborot-resurs markazlari ham an’anaviy shaklda ishlash faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Lekin, Axborot-resurs markazlari oliy ta’lim muassasalarining  o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarini qamrab oladigan, shuningdek ushbu sohalarning rivojlanishida faol qatnashadigan tarkibiy bo‘linma, balki qo‘yilgan maqsadga erishishda universitetning eng asosiy tayanch hamkori bo‘lganligi sababli ta’lim jarayonlari onlayn shaklga o‘tkazilgan bir paytda kutubxona xizmatlari ham masofaviy rejimga o‘tkazilganligi bu sharoitda qanday ishlash kerakligi haqida vebinar qatnashchilari o‘rtasida qizg‘in munozaralar bo‘lib o‘tdi.

ARM da masofaviy xizmatni joriy qilish bu − zamonaviy kitobxon talabi, kitobxonlar talablariga mos xizmatlarni  tashkil etish va ularni keng kitobxonlar ommasiga joriy qilish har bir ARM ning asosiy va kundalik vazifalaridan biri bo‘lishi lozimligi va shundagina pandemiya o‘qish va o‘qitish tizimiga, ta’lim sifatiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkaza olmasligi ta’kidlandi

Vebinar yakunida Axborot-resurs markazlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarliklari va amalga oshirilishi kerak bo’lgan masalalar bo’yicha kelishib olindi.

Webinar TSUOS ARM