Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA “KIMYO”, “BIOLOGIYA”, “FIZIKA” HAMDA “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANLARIDAN O‘TKAZILADIGAN RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI O‘TKAZILADI

09.04.2024, 12:34 E'lonlar 175

Oliy ta’lim muassasalarida tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun joriy yilning 1-10-iyun kunlari “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi.

Olimpiada ishtirokchilari olimpiada.edu.uz elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalar o‘rtasida 2024-yil 1-10-iyun kunlari o‘tkaziladi.

Olimpiada o‘tkaziladigan joylar:

🔹Kimyo fanlari bo‘yicha – Toshkent kimyo texnologiya instituti

🔹Fizika va Biologiya fanlari bo‘yicha – O‘zbekiston milliy universiteti;

🔹Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha – Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.

❗️Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi haqida vazirlikning rasmiy
sahifalarida va elektron platformada e’lon beriladi.

❗️ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan ishtirok etishlari mumkin.
☝️Eslatma: Olimpiada bo‘yicha ma’lumotlar bilan olimpiada.edu.uz platformasi orqali tanishib borishingiz mumkin.