Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Oltoyshunoslar simpoziumi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida

30.09.2022, 10:27 Yangiliklar 1065

2022-yil 27-28-sentabr kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Oltoy hamjamiyatlari xalqaro simpoziyumi-X: Oziq-ovqat va ovqatlanish madaniyati mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi

IMG_7074

IMG_7307

“Oltoy hamjamiyati simpoziyumi” nomi bilan anʼanaviy tarzda tashkil etilib kelinayotgan navbatdagi anjuman Oltoy xalqlari va jamiyatlarinin oziq-ovqat va ovqatlanish madaniyatiga bagʻishlangan bo‘lib, unda 160dan ziyod xorijlik mutaxassislar ishtirok etmoqda. Simpoziyum doirasiga tarixiy va keyingi davrlardagi manbalar va ushbu manbalardan olingan ma’lumotlar; oziq-ovqat va uning tarixiy rivojlanishidagi ovchilik davri, yovvoyi oʻsimliklar, o‘simliklarni xonakilashtirish va ulardan foydalanish; taom, oziq-ovqat va ovqatlanish bilan bog‘liq terminlar va ularning etimologiyasi; ovqat tayyorlash, pishirish va ularni saqlash usullari, mazkur usullarning rivojlanishi; ichimliklar (qimiz, qatiq, ayron va qimron); hoqon, hukmdor va h.k.larning tanovul chogʻida mavqe va ulush anʼanalari; din, eʼtiqod va tugʻilgan kun, unashtiruv, nikoh, oʻlim va muqaddas kunlar kabi maxsus kunlar bilan bog‘liq marosimlarda taom va ovqatlanish madaniyati kabi mavzular kiradi.

IMG_7211

IMG_7288

IMG_7221

IMG_7258

Mazkur simpoziyumning maqsadi – tarixiy davrlardan bugunga qadar davom etib kelayotgan taomlar va ovqatlanish madaniyatini qiyoslash asnosida Oltoy xalqlari sivilizatsiyasi, qadriyatlari va shaxsiyatlarining shakllanishidagi oʻrnini oʻrganish hisoblanadi.

IMG_7585

IMG_7562

IMG_7558

2022-yil 27-sentabr kuni soat 10.00da Yalpi majlis shaklida TDSHUda ish boshlagan Xalqaro simpoziyum o‘z faoliyatini sessiyalar va sho‘balarda davom ettirib, 30-sentabrga qadar davom etadi.