Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 82 39 / +998 95 515 15 05

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘qishini ko‘chirayotgan talabalar diqqatiga

18.10.2020, 13:23 Yangiliklar 318

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Toshkent shahridagi Yodju texnika institutidan o‘qishini ko‘chirayotgan talabalar diqqatiga

Hujjatlar o‘rganilganda, aksariyat talabalarning 1tadan 7tagacha fanlardan karzdorligi aniklandi. Shunday bo‘lsada, birinchi semestrda qarzi bor talabalarga fanlardan qarzdorlikni bartaraf etish uchun 2020-yil 19-oktabrdan 24-oktabrgacha bo‘lgan muddatda qayta imtihondan o‘tish uchun imkoniyat beriladi. Qarzdor bo‘lgan talabalar ro‘yxati Yodju texnika universitetiga taqdim etildi.

Ushbu muddatda qarzdorlikni bartaraf etmagan talabalar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyun 393-sonli qaroriga asosan birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: