Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“ORIENTAL” psixologik markazi

Ayollarni kamsitmaslik, ularni himoya qilish va qo’llab quvvatlash siyosati asosida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari 5- yo‘nalish: Gender tengligi doirasida professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni har tomonlama himoya qilish va qo‘llab quvvatlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshida “ORIENTAL” Psixologik xizmat ko‘rsatish markazi tashkil qilingan. Ushbu markaz 3 yo‘nalishda xizmat ko‘rsatadi: Birinchisi – individual psixologik konsultatsiyalar, ikkinchisi – qisqa muddatli (10 kunlik) psixologik kurslar va uchinchisi – davlat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar va ta’lim kurslariga korporativ psixologik xizmatlar ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun Markaz doimiy faoliyat olib boradi. Markazda ruhiy sog‘lomlashtirish universitet xodimlari va talabalari uchun bepul amalga oshiriladi.

photo_2023-10-12_11-17-43

photo_2023-06-19_09-53-50

12.10.2023, 11:18 735