Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Özbekiston delegatsiyasining Hindistonga tarixiy ilmiy ekspeditsiyasi doirasida Ibn Sino ilmiy merosiga bağişlangan xalqaro anjuman ötkazildi

10.11.2026, 16:33 Yangiliklar 19

Ibn Sino jamoat fondi, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Taşqi işlar vazirligi hamda “Kapitalbank” taşabbusi bilan Abu Ali ibn Sino qölyozmalari va boy ilmiy merosini örganişga bağişlangan Özbekiston delegatsiyasining Hindistonga I tarixiy ilmiy ekspeditsiyasi taşkil etildi.

Ekspeditsiya doirasida Özbekiston ilmiy delegatsiyasi Hindistonning Nyu-Dehli şahriga taşrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida PhD Şerali Jörayev ham iştirok etmoqda.

Taşrif doirasida Özbekiston Respublikasining Hindistondagi elçixonasida “Abu Ali ibn Sino: qölyozmalar – ilm-fan – hayot. Ikki tomonlama ilmiy hamkorlikning yangi bosqiçi” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bölib ötdi.

Anjumanda PhD Şerali Jörayev “Abu Ali ibn Sino ilmiy-falsafiy asarlarining germenevtik tahlili” mavzusida ma’ruza bilan iştirok etdi. Olimning ma’ruzasi buyuk mutafakkirning ilmiy-falsafiy merosini çuqur örganiş, uning asarlarini zamonaviy ilmiy yondaşuvlar asosida tahlil qiliş hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga bağişlandi.

Mazkur ekspeditsiya va xalqaro anjuman Abu Ali ibn Sino merosini xalqaro miqyosda tarğib etiş, qölyozmalarni örganiş hamda Özbekiston va Hindiston örtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqişda muhim ahamiyat kasb etadi.