O‘zbekiston–Malayziya madaniyat kechasi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Malayziya madaniyat kechasida TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva ishtirok etdi.
Tadbir davomida Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi Janobi Oliylari Ilhom Tua bin Illiasga mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy muloqotni rivojlantirishga, shuningdek, Malayziya va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik va tajriba almashinuvini kengaytirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun Toshkent shahridagi Adju universitetining faxriy professori unvoni tantanali ravishda topshirildi.



