Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston” asarining Iordaniyadagi taqdimoti

28.11.2026, 12:06 Yangiliklar 85

Iordaniya poytaxti Amman şahrida Özbekiston va Iordaniya örtasidagi madaniy-gumanitar, ilmiy va ta’lim aloqalarini mustahkamlaşga qaratilgan qator xalqaro tadbirlar taşkil etildi. Jumladan, 2026-yil 19-noyabr kuni Özbekistonning Iordaniyadagi elçixonasi tomonidan Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston” kitobi taqdimoti ötkazildi. Tadbirda ikki mamlakatning rasmiy vakillari, siyosiy doira namoyandalari va diniy ulamolar iştirok etdi.

Asarning arab tiliga tarjima qilinişi va Ammon şahrida taqdim etilişi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqaro jamoatçilikka yetkaziş jihatidan muhim ahamiyatga ega. Mazkur naşr arab kitobxonlariga Yangi Özbekistonning taraqqiyot yöli, davlat va jamiyat munosabatlaridagi özgarişlar hamda mamlakatning taşqi siyosiy yondaşuvlari bilan tanişiş imkonini beradi. Xorijiy jamoatçilik mamlakatdagi jarayonlarni köpinça alohida yangiliklar, rasmiy bayonotlar yoki muayyan voqealar orqali kuzatsa, kitob islohotlarning özaro boğliqligi, ğoyaviy asoslari va istiqboldagi vazifalarini faoliyati davomida nazariy yondaşuvlari va amaliy harakatlarni uyğunlaştirayotgan prezidentimiz Ş. Mirziyoyev qaraşlari orqali anglaşga yordam beradi.

Asarda ilgari surilgan “Davlat — inson uçun” va “Inson qadri uçun” tamoyillari davlat faoliyatini inson manfaatlari, huquqlari va hayot sifati nuqtayi nazaridan baholaşga asoslanadi. Uşbu tamoyillar davlat boşqaruvining ijtimoiy mas’uliyati, fuqarolar ehtiyojlariga yönaltirilganligi va jamiyat oldidagi hisobdorligi masalalarini tahlil qiliş uçun konseptual asos bölib xizmat qiladi. Ularning arab tilida yoritilişi davlat boşqaruvi, ijtimoiy taraqqiyot va modernizatsiya sohalarida tajriba almaşiş imkoniyatlarini kengaytiradi. Şu jihatdan, Özbekiston tajribasi qiyosiy siyosiy tahlil uçun öziga xos milliy rivojlaniş modeli sifatida ilmiy qiziqiş uyğotişi mumkin.

Kitobda zamonaviy dunyodagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik özgarişlar bilan bir qatorda, 2016-yildan buyon Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar va institutsional modernizatsiya jarayonlari yoritilgan. Uşbu jarayonlarning mamlakat taraqqiyoti va taşqi siyosatiga ta’siri özaro boğliqlikda körib çiqiladi. Şuningdek, xalqaro munosabatlardagi xavf-xatarlarni bartaraf etişda muloqot, bağrikenglik, ma’rifat va tinçlikning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Qarama-qarşiliklarni muloqot orqali hal etiş, özaro hurmatni mustahkamlaş va tinç hamkorlikni rivojlantirişga doir qaraşlar Özbekiston taşqi siyosatining ustuvor yönalişlari bilan uyğun holda bayon etiladi.

Asarning arab tilidagi naşri Özbekiston–Iordaniya madaniy-gumanitar hamkorligining amaliy ifodalaridan biridir. U arab tilida sözlaşuvçi jamoatçilik va akademik doiralarning Özbekistonning rivojlaniş ustuvorliklari hamda taşqi siyosiy qaraşlari haqidagi bilimlarini kengaytirişga xizmat qiladi. Taqdimot, şuningdek, ikki mamlakat örtasidagi ilmiy-ma’rifiy muloqotni rivojlantiriş va özaro anglaşuvni mustahkamlaş uçun qöşimça imkoniyat yaratadi.

 

Habibulloxon Yakuboviç Azimov
Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti
siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori (PhD)